Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 9,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 9,7 % ga o‘sdi.
Chakana savdo tarkibi quyidagicha shakllandi:
Yirik korxonalar ulushi – 922,0 milliard so‘m,
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ulushi – 7 trillion 294,8 milliard so‘m,
Uyushmagan savdo (ya'ni norasmiy savdo) – 1 trillion 426,9 milliard so‘m.
Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar:
Namangan shahri – 39,4 %
Chust tumani – 7,7 %
To‘raqo‘rg‘on tumani – 6,9 %
Pop tumani – 6,1 %
Chortoq tumani – 5,9 %
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi 2025-yilning yanvar–may oylarida o‘rtacha 3 million 72,9 ming so‘mni tashkil etdi.




