20/06/2025

2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jami 1 319 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 2025-yilning yanvar–may oylarida yana 62 ta yangi qurilish korxonasi tashkil etilgan. Bu ko‘rsatkich hududda qurilish sohasi jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  1. Namangan shahri – 418 ta

  2. Uychi tumani – 128 ta

  3. Chust tumani – 123 ta

  4. Kosonsoy tumani – 111 ta

  5. Chortoq tumani – 92 ta

  6. Mingbuloq tumani – 74 ta

  7. Uchqo‘rg‘on tumani – 72 ta

  8. Yangiqo‘rg‘on tumani – 66 ta

  9. Norin tumani – 65 ta

  10. Pop tumani – 60 ta

  11. Namangan tumani – 55 ta

  12. To‘raqo‘rg‘on tumani – 55 ta

📈 Ushbu raqamlar viloyatdagi qurilish sanoatining kengayib borayotganini, xususan, yirik shahar va markaziy tumanlarda yuqori faollik kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.