2025-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 9 trillion 117,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 1 trillion 322,8 milliard so‘mga ko‘p bo‘lib, sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda (2024-yil yanvar–mart – 7 trln 795,0 mlrd so‘m).
Shu davr mobaynida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi (YAHM) ulushi 67,3 % ni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich viloyat iqtisodiyotida kichik biznesning ustuvor o‘ringa ega ekanligini va ular hududning ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, savdo va boshqa iqtisodiy faoliyat turlarida faol ishtirok etib, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.




