25/06/2025

2024/2025 o‘quv yili boshida Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchi xodimlar soni 2,3 ming kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 1,0 ming kishiga yoki 76,9 % ga oshganini ko‘rsatmoqda.

Ayni vaqtda, ayollar orasida professor-o‘qituvchilarning soni 0,5 ming kishiga, ya’ni 266,6 % ga ko‘paygan, erkak o‘qituvchilar soni esa 0,5 ming kishiga, ya’ni 150 % ga oshgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan davrda professor-o‘qituvchi xodimlarning (o‘rindoshlarsiz) umumiy sonidan ayollar ulushi 34,8 % ni, erkaklar udushi esa 65,2 % ni tashkil etgan.

Ushbu o‘sish viloyatdagi oliy ta’lim sohasida inson resurslarining kengayib borayotganidan, xususan, ayollar bandligining ortib borayotganidan dalolat beradi.