02/07/2025

Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatiga xorijdan jami 96 dona yengil avtomobil import qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 2,9 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Import geografiyasi:

Ushbu avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlardan olib kirilgan bo‘lib, bu mamlakatlar viloyatga eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib beruvchi asosiy hamkorlar sifatida qayd etilgan.