2025-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 236 tani tashkil etmoqda. Ulardan:
-
98 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),
-
138 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).
Mazkur korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida quyidagicha taqsimlangan:
Sanoat sohasida – 95 ta korxona
Savdo sohasida – 56 ta korxona
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 21 ta korxona
Qurilish sohasida – 11 ta korxona
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 8 ta korxona
Axborot va aloqa sohasida – 8 ta korxona
Tashish va saqlash sohasida – 8 ta korxona
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 ta korxona
Boshqa sohalarda – 25 ta korxona