Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 4 mln 297,1 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga o‘sgan.
Yillar kesimida o‘sish dinamikasi (yanvar–may holatiga):
2021-yil – 1679,6 ming so‘m
2022-yil – 2 mln 24,2 ming so‘m
2023-yil – 2 mln 497,0 ming so‘m
2024-yil – 3 mln 160,3 ming so‘m
2025-yil – 4 mln 297,1 ming so‘m
So‘nggi 4 yilda 2 baravardan ko‘p o‘sish kuzatilmoqda! Bu sanoat salohiyatining yildan-yilga mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.