2025- yilning 1-iyun holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 174 tani tashkil etdi.
Ular quyidagicha taqsimlangan:
Yirik ovqatlanish korxonalari – 6 ta
Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 168 ta
2025-yilning yanvar-may oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7 trillion 820,3 milliard so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ga o‘sdi.
Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 88,0 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mazkur ma’lumotlar umumiy ovqatlanish sohasining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa, kichik biznesning faol va samarali ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.




