2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 132 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 16,1 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 073 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 536 ta
- Kosonsoy tumani – 317 ta
- Namangan tumani – 307 ta
- Chust tumani – 296 ta
- Uychi tumani – 286 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 278 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 233 ta
- Norin tumani – 212 ta
- Pop tumani – 198 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 189 ta
- Chortoq tumani – 170 ta
- Mingbuloq tumani – 110 ta




