2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 236 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 taga ko‘payib 110,8 foizni tashkil etgan.
Eng ko‘p korxonalar quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi:
- Xitoy – 59 ta
- Rossiya – 53 ta
- Turkiya – 38 ta
- Janubiy Koreya – 17 ta
- Qozog‘iston – 12 ta
Bundan tashqari 2025- yilning yanvar-may oyida xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning sonida esa quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
- Xitoy – 11 ta
- Turkiya – 5 ta
- Rossiya – 2 ta
- Pokiston – 1 ta




