2025-yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatining Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 39,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,8 mln AQSH dollariga ko‘paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 15,1 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 24,1 mln AQSH dollarini tashkil etgan.




