2025- yil 6- iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2025- yildagi “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida” PQ-194-son Qarori haqida tushuncha berilib, 2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishini, ya’ni fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlanishini, bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi berilishini, shuningdek ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlanishini, nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblanishini hamda joriy yil 1-oktabrdan boshlab davlat pensiya ta’minotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida to‘lash bilan bog‘liq ko‘rsatiladigan xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirish tartibi joriy etilishini, bunda to‘lovni amalga oshirish qaydnomasini elektron shaklda planshet orqali imzolashga ruxsat berilishi haqida ma’lumotlar berildi. Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.



