2025- yil 13- iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2025- yildagi “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-84-son Farmoni haqida tushuncha berilib, unga ko‘ra joriy yil 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanishini hamda ularga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab taqdim etilishini, bunda “qizil” toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar:
(I) a’zolarining kamida bir nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan oila;
(II) parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan oila;
(III) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan oila;
(IV) boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila;
(b) “sariq” toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar;
(v) “yashil” toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritilishini, (I) oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa, (II) oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa kiritilishini, bundan tashqari, 2025-yil 1-iyundan boshlab qonunchilik hujjatlarida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy xizmatlar, yordamlar va imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ham tatbiq etilishini va 2026-yil 1-yanvardan boshlab esa faqat Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilaishini, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun bojlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo‘llanilishini, kambag‘al oilalar “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tganda ular uchun qonunchilikda nazarda tutilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari keyingi o‘n ikki oy muddatga saqlab qolinishini, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga ijtimoiy xizmat va yordamlar ushbu oilalar kambag‘al deb e’tirof etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki shaxsning kambag‘al deb e’tirof etilgan oilaning a’zosi ekani haqidagi ma’lumotnoma asosida ko‘rsatilishini ham ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.



