Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i A.Mutalov viloyat statistika boshqarmasi tizimida shaxsga doir ma`lumotlardan foydalanish va ularni himoya qilish tartibi hamda konfidentsial ma'lumotlar ro‘yxati va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek Axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Shuningdek boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida ta‘kidlab o‘tdi. 
Muloqot davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.



