2025- yil 11- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi oʻquv seminarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022- yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-son Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” xususida tushunchalar berib o‘tildi.
Ushbu qoidalar Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilashligini shuningdek, davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilishi, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirishi, murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashishi, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otishi, oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishi, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lishi va jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilishi kerakligini ham tushuntirildi.
Bundan tashqari seminarda davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majburligini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi, mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lishi, tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilishi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymasligi, xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirishi, yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymasligi, har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashishi, mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etishi kabi qodilarga rioya etishligini aytib o‘tildi.
Seminar davomida, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va unga rioya etmaganlik uchun javobgarlik xususida ham tushunchalar berib o‘tilib, davlat xizmatchilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lishini va ogohlantirish, uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish, davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish axloqiy choralari qo‘llanilishi yoki odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbariga taqdimnoma kiritishi mumkinligini, odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuborishini, davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishini tushuntirib o‘tdi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.



