18/07/2025

2025- yil 18- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi oʻquv seminarida Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 11.07.2025- yildagi “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-223-son Qarori yuzasidan tushuncha berilib, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashini tashkil etilishini va uning asosiy vazifalari tadbirkorlik subyektlari va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelgan soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar berish, soliq qonunchiligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning qo‘llanishini o‘rganish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish,  soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda biznes hamjamiyati, davlat organlari va tashkilotlari hamda ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatishdan iboratligini, bundan tashqari, ekspert kengashi doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ sifatida tashkil etililishi, Savdo-sanoat palatasi Ekspert kengashining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ hisoblanishi, kengashning majlislari bir oyda kamida ikki marta o‘tkazilishi belgilanganligini hamda ushbu kengashga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish, qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilish vakolatlari va soliq, bojxona, iqtisodiyot, moliya va huquq sohasida yetarli bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish, zarur hujjatlar va axborotlarni davlat organlari hamda boshqa tashkilotlardan bepul so‘rab olish huquqlari berilganligini ham ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.