12/08/2025

Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyun holatiga, Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 350 ming 100 so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 116,0 % o‘sish sur’atini qayd etdi.

 Viloyat bo‘yicha o‘rtacha ish haqidan yuqori bo‘lgan iqtisodiy faoliyat turlari:

 Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati – 11 mln 89 ming so‘m

 Axborot va aloqa – 7 mln 107 ming so‘m

 Tashish va saqlash – 5 mln 352,3 ming so‘m

 Savdo – 4 mln 881,2 ming so‘m

 Sanoat – 4 mln 366,3 ming so‘m

 Qurilish – 4 mln 363,9 ming so‘m

 Yillar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish dinamikasi
(yanvar–iyun holatiga):

 2021 – 2 mln 288,8 ming so‘m

 2022 – 2 mln 712,8 ming so‘m

 2023 – 3 mln 260,8 ming so‘m

 2024 – 3 mln 730,1 ming so‘m

 2025 – 4 mln 350,1 ming so‘m