2025- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Davlatobod tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 248 tani tashkil etdi. Ulardan: 1 902 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Sohalar kesimida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
-
Savdo sohasida — 609 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda;
-
Sanoat sohasida — 477 ta subyekt qayd etilgan.
-
Qurilish sohasida — 154 ta
-
Yashash va ovqatlanish sohasida — 125 ta
-
Tashish va saqlash sohasida — 113 ta
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar–iyun oylarida tumanda 191 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan subyektlar tumanda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mahsulot va xizmatlar turining kengayishi, iqtisodiy faollikning oshishiga xizmat qiladi.




