2025-yilning 13-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati va uning ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati va xodimlari, shuningdek “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy shubasi boshlig‘i A. Xasanov ishtirok etdi.


Tadbirda A. Xasanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-aprelda tasdiqlangan 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib, kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda axborot tizimlari va resurslarini kiberjinoyatlardan himoyalashning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berdi.

Xususan, kiberhujumlarning oldini olish, ularni aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish, telekommunikatsiya tarmoqlari hamda axborot tizimlari barqarorligi va ishonchliligini tiklash, ma’lumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish choralari batafsil tusuntirildi. Shuningdek, xizmat kompyuterlaridan faqat xizmat doirasida foydalanish (XDFU/XFU), konfidensial ma’lumotlarni saqlash tartibi, korxona va tashkilotlarning individual statistik ma’lumotlarini faqat jamlanma shaklda taqdim etish, shaxsiy ma’lumotlarni xizmat qurilmalarida saqlamaslik hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev har bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan Axborot xavfsizligi siyosati, kompyuterdan foydalanish qoidalari va internet odobi talablariga amal qilishi lozimligini alohida qayd etdi.

Tadbir yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.




