15/08/2025

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida qiymati 1 trln 977,7 mlrd so‘m bo‘lgan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 27,7 % ga oshdi.

 Moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta xizmatlari ham ijobiy o‘sish qayd etdi — hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,5 mlrd so‘mga yoki 23,6 % ga ko‘paydi.

 Moliyaviy xizmatlar hajmida yetakchi hududlar:

1. Namangan shahri – 54,3 %

2. Chust – 6,7 %

3. To‘raqo‘rg‘on – 4,8 %

4. Uchqo‘rg‘on – 4,6 %

5. Uychi – 4,5 %

 Umuman olganda, bozor xizmatlari tarkibida moliyaviy xizmatlarning ulushi 8,4 % ni tashkil etmoqda.