Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 310,1 milliard so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 90,6 milliard so‘mga ko‘paydi.
Ishlab chiqarishning tarkibi quyidagicha:
- mikrofirma va kichik korxonalar hissasi — 73,3 % ni,
- yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jaliklari — 26,7 % ga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, 2025-yilining birinchi choragi yakuni bo‘yicha viloyatimizdan xorijiy davlatlarga qiymati 247,9 ming AQSH dollari miqdoridagi mebel mahsulotlari eksport qilingan. Bu ko'rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga oshgan.




