2025-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 24 trillion 651,7 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich umumiy asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 84,5 foiziga teng bo‘lib, kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi faol investitsion ishtirokini yaqqol namoyon etadi.
O‘tgan yilning shu davriga, ya’ni 2024-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 106,6 foizni tashkil qilgan. Bu esa kichik tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida investitsiyalarning taqsimlanishi:
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning hududlar bo‘yicha eng yuqori ulushi quyidagi tumanlarga to‘g‘ri keldi:
-
Pop tumani – 94,8 %
-
Mingbuloq tumani – 94,2 %
-
Kosonsoy tumani – 90,6 %
-
Uychi tumani – 90,1 %
Ushbu ko‘rsatkichlar kichik biznes subyektlarining ushbu hududlarda iqtisodiy faolligi yuqori darajada ekanini bildiradi va ularning infratuzilmaviy rivojlanishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga faol hissa qo‘shayotganidan dalolat beradi.




