22/08/2025

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 152,3 ming tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning yanvar– iyuniga nisbatan 4,6 % ga ko‘paygan.

Namangan viloyati hududlar bo‘yicha kartoshka yetishtirish hajmi:

 Yangiqo‘rg‘on – 46 310,0 tonna
 Norin – 16 075,4 tonna
 Namangan t. – 15 389,3 tonna
 Chortoq – 13 006,7 tonna
 To‘raqo‘rg‘on – 11 830,6 tonna
 Chust – 11 801,8 tonna
 Uychi – 10 854,0 tonna
 Pop – 9 770,4 tonna
 Uchqo‘rg‘on – 9 674,9 tonna
 Mingbuloq – 5 274,2 tonna
 Kosonsoy – 2 107,1 tonna
 Namangan sh. – 786 tonna

 Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, kartoshka eng ko‘p Yangiqo‘rg‘on tumanida yetishtirilgan bo‘lib, uning ulushi viloyat bo‘yicha umumiy hajmning qariyb 30,4 % ini tashkil etgan.