2025-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 29 trillion 177,4 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 foizga oshgan.
Umumiy investitsiyalar hajmining 1 trillion 993,3 milliard so‘mi, ya’ni 6,8 foizi, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga, ya’ni turar joylar qurilishiga yo‘naltirilgan. Bu esa viloyatda qurilish sohasi, xususan, aholi uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish yo‘nalishidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.




