Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida 1 trillion 14 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida:
Namangan shahri – 680,6 mlrd so‘m (viloyatdagi eng yuqori ko‘rsatkich),
Kosonsoy tumani – 28,6 mlrd so‘m,
To‘raqo‘rg‘on tumani – 26,8 mlrd so‘m.
Ta’lim xizmatlari umumiy hajmida oliy ta’lim sohasi yetakchi o‘rin egalladi. 2025-yilning yanvar–iyul oylarida uning ulushi 56,8 foizni tashkil etdi.




