22/07/2025

2025-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida Odob-axloq komissiyasi a’zolari hamda xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarning asosiy maqsadi – komissiya a’zolari va mas’ul xodimlarning davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, amaliy faoliyatda yuzaga keladigan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida:

  • odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati;

  • manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlari;

  • fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va hurmat tamoyillariga amal qilish;

  • davlat xizmatchilarining sha’ni va obro‘sini asrash kabi masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tadbir komissiya a’zolari hamda xodimlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, shuningdek, davlat organlari faoliyatida shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.