Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatidan 55 ta davlatga 387,7 million AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning shu davriga nisbatan 11,4 foizga ko‘paygan.
Eksport qilingan tovar va xizmatlar tarkibida yuqori ulushni sanoat mahsulotlari – 44,8 % ni hamda oziq-ovqat mahsulotlari – 22,1 % ni tashkil etgan.




