27/08/2025

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – elektr energiya- sini, tabiiy gazni, bugʻni, issiq suvni va shu kabilarni doimiy tarmoqlar – kabellar, quvurlar, suv quvurlari orqali yetkazib berish bilan bogʻliq faoliyatni oʻz ichiga oladi.

2025-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida elektr energiyasi, gaz, bug‘ bilan ta’minlash hamda havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 3 trillion 513,3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ga teng o‘sishni qayd etdi.

Mazkur faoliyat turi umumiy sanoat mahsulotlari hajmida 16,2 % ulushni tashkil etdi.