Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-avgust holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxonalar soni 102 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 3 taga oshgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
- sanoat sohasida –44 ta;
- savdo sohasida – 24 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 9 ta;
- qurilish sohasida – 5 ta;
- tashish va saqlash – 4 ta;
- axborot va aloqa – 3 ta;
- boshqa sohalarda – 13 ta.




