04/07/2025

2025- yil 4- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha seminarda Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 24.02.2025- yildagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-27-son Farmoni haqida tushuncha berilidi.

Ushbu Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligini hamda 2025-yil yakuniga qadar “Hududlar statistikasi” axborot tizimini ishga tushirilishini, va joriy yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va (yoki) yillik tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishini, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan mazkur mikrofirma va kichik korxonalar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining axborot tizimidan olib, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirilishini, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’muriy ma’lumotlaridan foydalanishi belgilanganligini ham seminar qatnashchilariga tushuntirildi.  

Seminarda 2026-yil 1-yanvardan boshlab  hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati, foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati, statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etilishini ham aytildi.

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.