2025-yil 22-avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
Tadbirkorlikni moliyaviy va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash:
-
2026–2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 270 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
-
2026-yil 1-maydan boshlab, kredit ajratishda tadbirkorlarning to‘lov qobiliyati:
-
Soliq, kommunal to‘lovlar;
-
Tovar aylanmasi;
-
Eksport operatsiyalari;
-
Tranzaksion faoliyat va boshqa ijobiy ko‘rsatkichlar asosida muqobil skoring tizimi orqali baholanadi.
-
Tashqi savdoda yengilliklar:
-
2027-yil 1-yanvarga qadar, ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lmagan subyektlarga tashqi savdo bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llanilmaydi (moratoriy).
-
Moratoriy davrida qarzdorlik bartaraf etilsa — ilgari qo‘llangan jarimalar bekor qilinadi.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish:
-
2026–2028-yillarda kamida 5 ming gektar yer onlayn auksion orqali mehmonxona loyihalari uchun taqdim etiladi.
-
Mehmonxona qurilishining ustav kapitalining 50% gacha bo‘lgan qismini davlat sheriklik asosida moliyalashtiradi.
-
Davlat ulushi 10 yil davomida bozor qiymatida xususiy sektor vakillariga realizatsiya qilinadi.
-
Tijorat banklari tomonidan:
-
Turizm hududlari, Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida — 30 mlrd so‘mgacha,
-
Boshqa hududlarda — 10 mlrd so‘mgacha kreditlar 7 yilgacha ajratiladi.
-
Soliq sohasida rag‘batlantirishlar:
-
2026-yil 1-yanvardan boshlab, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘loviga ilk marta o‘tgan tadbirkorlar uchun:
-
1 yil davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi;
-
QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishda xatoliklar uchun jarima qo‘llanilmaydi;
-
6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda EHMning 3,5 baravarigacha bo‘lgan qismi soliq to‘lovlaridan chegirib tashlanadi.
-

Seminar davomida Farmonda belgilangan ushbu chora-tadbirlar tadbirkorlik faoliyatining yengil, qulay va samarali olib borilishi, xususiy sektor salohiyatining oshirilishi hamda hududiy investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.



