29/08/2025

2025-yil 29-avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida joriy yilning avgust oyida Lex.uz huquqiy axborot tizimiga kiritilgan yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Seminarda quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi:

  • 2025-yil avgust oyi davomida:

    • O‘zbekiston Respublikasining 5 ta Qonuni,

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22 ta farmon va qarorlari,

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27 ta qarorlari
      qabul qilinganligi haqida xodimlarga batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, mehnat munosabatlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa sohalardagi ahamiyati, ular bilan bog‘liq amaliy jihatlar ham muhokama qilindi.