Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylar soni 2 tani tashkil etgan.
Mazkur muzeylarda saqlanayotgan asosiy fond eksponatlari soni 111,2 ming donaga yetgan.
2024-yil davomida muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni 86,5 ming kishidan iborat bo‘lgan.
Shundan, o‘quvchi va talabalar ulushi 33,1 % ni tashkil etgan.
Muzeylarning asosiy fondini tashkil etuvchi eksponatlar turli yo‘nalishlarga mansub bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:
Rassomlik asarlari – 330 ta;
Grafika asarlari – 138 ta;
Haykaltaroshlik – 31 ta;
Amaliy san’at namunalari – 714 ta;
Numizmatika (pul va tangalar) – 13 670 ta;
Arxeologik topilmalar – 9 089 ta;
Maishiy va etnografik buyumlar – 3 619 ta;
Suratlar – 38 132 ta;
Hujjatlar – 29 911 ta;
Boshqa turdagi eksponatlar – 15 530 ta.




