10/09/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 10,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 22,4 % ga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Turkmaniston — 3 197 nafar;

Hindiston — 2 846 nafar;

Tojikiston — 1 246 nafar;

Xitoy — 532 nafar;

Janubiy Koreya — 428 nafar;

Pokiston — 377 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 286 nafar;

AQSH — 254 nafar;

Afg‘oniston — 193 nafar;

Turkiya — 181 nafar;

Boshqa davlatlar — 1 161 nafar.

top-10-davlatga-rasm_p34455