17/09/2025

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida jami 7 trln 612,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 111,8 % ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida fuqarolik obyektlarini qurish ishlarining ulushi 9,4 % ga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 47,5 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 52,2 % ni tashkil etdi.

Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining hududda bajarilgan jami qurilish ishlaridagi eng yuqori ulushi Mingbuloq tumanida (11,6 %), Pop tumanida (9,6 %) va Chortoq tumani (9,4 %) kuzatildi.