03/10/2025

Joriy yilning 2-oktabr kuni Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Asaka banki raisi K.A. To'laganov, Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z.B. Baxriddinov hamda viloyatdagi mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining tashkiliy masalalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda hududiy ishchi guruhlarning faoliyati batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, jarayonlarni sifatli amalga oshirish uchun viloyatdagi barcha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.