Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi 8,1 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining hajmi:
Toshkent shahri – 1,4 trln soʻm
Fargʻona viloyati – 1,1 trln soʻm
Samarqand viloyati – 1 trln soʻm
Namangan viloyati – 885,3 mlrd soʻm
Toshkent viloyati – 819,1 mlrd soʻm
Andijon viloyati – 516,2 mlrd soʻm
Qashqadaryo viloyati – 492,5 mlrd soʻm
Xorazm viloyati – 399,1 mlrd soʻm
Qoraqalpogʻiston Resp. – 379,7 mlrd soʻm
Surxondaryo viloyati –281,4 mlrd soʻm
Buxoro viloyati – 264,1 mlrd soʻm
Navoiy viloyati – 257,6 mlrd soʻm
Jizzax viloyati – 171,4 mlrd soʻm
Sirdaryo viloyati – 110,1 mlrd soʻm




