22/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylardagi “mahalla yettiligi” faollarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan 2025-yil 20–25-oktyabr kunlari davomida shahar-tumanlarda amaliy o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Bugun Namangan shahridagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida mazkur seminar o‘z ishini boshladi. Seminar doirasida Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, aholi bilan yaqin muloqotni tashkil etish, ijtimoiy muammolarni mahallada hal etishning yangi tizimi, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar va normativ hujjatlar mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berildi.


Seminarning keyingi kunlarida amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashish va mahallalar kesimida ishchi guruhlar faoliyatini baholash ham rejalashtirilgan.