Joriy yilning 22-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorining 6-ilovasi 28-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida barcha fuqarolar uchun ochiq muloqot maydoni tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni, uning maqsadi hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ro‘yxatga olish jarayonining amaliy bosqichlari namoyish etildi.

Tadbir davomida fuqarolarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” fuqarolarda ro‘yxatga olish jarayoniga bo‘lgan ishonch va faollikni oshirish, shuningdek, mazkur tadbirning ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga xizmat qildi.



