28/10/2025

Joriy 28-oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun «Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ahamiyati» mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi vakillari hamda universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Jiyanov ishtirokchilarga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari va uning jamoat hayoti hamda iqtisodiy rejalashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. U ro‘yxatga olish natijalari orqali yagona va ishonchli ma’lumotlar bazasi yaratilishi, hududiy siyosatni aniq belgilash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini samarali takomillashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ta’kidlandi.

Shuningdek, u talabalarga yosh avlod vakillari sifatida ro‘yxatga olish ishlarida faol ishtirok etish, ma’lumotlar yig‘ilishi va targ‘ibot ishlarida yordam berish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ro‘yxatning amaliy jihatlari, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi va ma’lumotlarning maxfiyligi haqida batafsil javob oldilar. Universitet va statistika boshqarmasi vakillari hamkorlikni davom ettirish, talabalarning amaliy loyihalarda ishtirokini yo‘lga qo‘yish va ro‘yxatga olish yuzasidan ma’lumotlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.