31/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati statistika boshqarmasida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida ayrim toifadagi shaxslar haqida ma’lumotlarni to‘plash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini qayd etish va so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari batafsil muhokama qilindi.

Tadbirda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ro‘yxatga olish jarayonida maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.