03/11/2025

Joriy yilning 3-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda University of business and science hamkorligida “Statistika tizimidagi yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarni statistika tizimidagi faoliyat, bo‘sh ish o‘rinlari, davlat fuqarolik xizmati tizimida yaratilgan sharoitlar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga statistik organlarga ishga qabul qilish tartibi, davlat fuqarolik xizmatchilarini tanlab olish jarayonining huquqiy asoslari, bosqichlari va mezonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning statistika sohasiga bo‘lgan qiziqishi, ishonchi va motivatsiyasini oshirish, shuningdek, ularni davlat xizmatida faol bo‘lishga undash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.