2025-yil 5-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbir Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Baxriddinov rahbarligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida viloyat shtabi faoliyati, tumanlarda ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik holati, mavjud sharoitlar va idoralararo hamkorlik darajasi batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Baxriddinov shtab faoliyatini joyida ko‘zdan kechirib, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda tayyorgarlik jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tadbir yakunida joylarda olib borilayotgan tashkiliy ishlarning samaradorligi, ma’lumot yig‘ish jarayonining izchilligi va xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi alohida e’tiborga olindi.




