06/11/2025

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi O‘rmon agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Karshiboyev G‘ofurjon Yaxshiboyevich boshchiligidagi ishchi guruh Namangan shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olishga oid shtab faoliyati, mavjud sharoitlar, hududiy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik darajasi hamda tayyorgarlik jarayonlarining samaradorligi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, aholining ro‘yxatga olishdagi faolligini ta’minlash, tadbirning mazmun-mohiyati va maqsadlari bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish ishlari muhokama qilindi.