Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabr holatida Namangan viloyatida 26 473 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
Shundan 21 920 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Hududlar kesimida korxonalar va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:
🔹 Namangan shahri – 8 289 ta
🔸 Davlatobod – 2 374 ta
🔸 Yangi Namangan – 2 215 ta
🔹 Chust tumani – 2 243 ta
🔹 Pop tumani – 1 961 ta
🔹 Chortoq tumani – 1 710 ta
🔹 To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 649 ta
🔹 Uchqo‘rg‘on tumani – 1 584 ta
🔹 Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 575 ta
🔹 Namangan tumani – 1 523 ta
🔹 Uychi tumani – 1 519 ta
🔹 Kosonsoy tumani – 1 503 ta
🔹 Mingbuloq tumani – 1 471 ta
🔹 Norin tumani – 1 446 ta
Hududlar orasida Namangan shahri korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.




