Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabr holatiga Namangan viloyatida 22 087 ta faol tijorat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan.
Xususan, 18 008 ta korxona aynan MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda. Bu esa umumiy faol tijorat korxonalarining 81,5 foizini tashkil etadi.
Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
▪️Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 18 008 ta
▪️Xususiy korxonalar – 2 972 ta
▪️Oilaviy korxonalar – 904 ta
▪️Aksiyadorlik jamiyati – 9 ta
▪️Boshqalar – 194 ta
Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.




