19/09/2025

2025-yil 19-sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.09.2025-yildagi PF-172-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Unda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachilariga o‘zlariga biriktirilgan yer uchastkasining bir qismini boshqa shaxsga qayta ijaraga berish huquqi berilgani qayd etildi.

Shuningdek, Farmonda qishloq xo‘jaligi yerlari faqat ijara huquqi asosida berilishi, boshqa har qanday huquq shakli tan olinmasligi belgilandi. Ushbu tartib ayrim istisnolar bilan tatbiq etilishi, shuningdek yer egalari va foydalanuvchilarga 2027-yil 1-yanvarga qadar mavjud huquqlarini ijara huquqiga o‘tkazish imkoniyati berilgani aytib o‘tildi.

Ijaraga o‘tkazilgan yerlar bo‘yicha ijara muddati fuqarolar va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun 30 yil, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun esa 25 yil etib belgilanganligi xodimlarga tushuntirildi.