26/09/2025

2025-yil 15-avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Seminarida 2025-yil sentabr oyida Lex.uz tizimiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar haqida boshqarma xodimlariga batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 ta Farmon va Qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 27 ta qarori qabul qilingan bo‘lib, ular davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim o‘zgarish va yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Seminar davomida ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ularni ijro etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar atroflicha muhokama qilinib, har bir savolga mutaxassislar tomonidan tegishli javob va izohlar taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyat va faolligini oshirish, shuningdek, yangi tartib-qoidalarni amaliyotga joriy etishda samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.