27/11/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 67,2 million AQSH dollari bo‘lgan 82,0 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,3 foizga yoki 26,3 ming tonnaga ko‘paygan.

Eksport tarkibi (tonna hisobida):

🔹Quritilgan uzum – 4 654,3 tonna
🔹Quritilgan o‘rik – 2 542,7 tonna
🔹Olma – 1 057,5 tonna
🔹Uzum (yangi) – 859,6 tonna
🔹Xurmo – 786,8 tonna
🔹Qovun mahsulotlari – 439,1 tonna

Sabzavotlar eksporti:

🔸Piyoz – 19 655,4 tonna
🔸Karam – 9 482,8 tonna
🔸Sabzi – 2 832,8 tonna
🔸Pomidor – 2 636,9 tonna
🔸Rediska – 1 069,0 tonna
🔸Bodring – 327,4 tonna

Boshqa eksport qilingan mahsulotlar:

▪️Mosh – 12 907,0 tonna
▪️Loviya – 2 554,3 tonna
▪️Yeryong‘oq – 1 791,2 tonna
▪️Boshqalar – 18 382,8 tonna

 Meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan xalqaro talabning ortishi, logistika va saqlash infratuzilmasining rivojlanib borayotgani, shuningdek, xorijiy bozorlar bilan faol hamkorlik eksport hajmining ortishiga bevosita sabab bo‘lmoqda.