27/11/2025

2025-yilning 27-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika institutida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda Namangan shahar statistika bo‘limi mutaxassislari ishtirok etib, mamlakatimizda 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olishning ahamiyati, maqsad va vazifalari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Davra suhbatida ro‘yxatga olish jarayonining xalqaro standartlar asosida amalga oshirilishi, unda raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, aholining faolligi va to‘g‘ri ma’lumot taqdim etish jarayonning sifatiga bevosita ta’sir qilishi qayd etildi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ro‘yxatga olish jarayonida har bir fuqaroning mas’uliyati va faol ishtiroki muhim ekani alohida ta’kidlandi.